So’nggi yangiliklar

19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0

26 may 20:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Pore afsona, ammo uning bu safargi raqib Maxachev… Islam UFC rekordini takrorlashi mumkin (Mutolaa uchun)

Joriy yilning 2 iyun kuni AQSHda UFC 302 turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning asosiy kardida engil vazn toifasining chempioni Islam Maxachev o'z kamarini amerikalik Dastin Poredan himoya qiladi.

"Olmos"ning omadsizliklariga qarmay, shuncha qilgan mehnati va harakatlari evaziga promoushen unga yana bir chempionlik jangi uchun imkon berdi. Vaziyat ham aynan uning foydasiga ishladi. Kamar uchun asosiy davogar bo'lgan Getji va Oliveyra o'zlarining so'nggi jangida mag'lubiyatga uchrashdi. SHunday qilib, Pore unvonga davo qiluvchi boshqa sportchilar yo'qligi bois chempionlik jangi uchun bahs unga tuhfa etildi. Dastinning aytishicha, vaqt unga u qadar mos kelmagan, biroq chempion bo'lish yo'lidagi oxirgi bahsni qo'ldan boy berish niyatida emas.

“Men Carukyanning rad etish qarorini juda yaxshi tushunaman. U  sakkiz haftalik mashg'ulot o'tkazdi, oktagonga kirdi va g'alaba qozondi. Jangdan so'ng kimdir uning oldiga kelib, “Hey,  olti hafta ichida jang qilishga tayyormisan”, deb so'rashining o'zi noto'g'ri. Siz avval tiklanishingiz kerak, chunki bahsdan keyin tanada kuch qolmaydi. Rostini aytsam, olti hafta men uchun ham qisqa muddat, ammomenda “yo'q” deyish imkoni yo'q. Bu o'zim uchun imkoniyat, uni iloji borchia mahkam ushlab turishim kerak”, deydi amerikalik jangchi. Dastin, shubhasiz, engil vazn tarixidagi eng yaxshi jangchilardan biri bo'lib, hatto chempion bo'lmagan bo'lsa ham o'z nomini tarixga yozib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Muammo shundaki, u Islamga munosib raqiblik qila oladimi yoki yo'q? Porening oktagonda kamchiliklar oz emasligini hamma biladi, Sen-Deniga qarshi to'qnashuvda bu yaqqol ko'zga tashlandi.

Maxachev butunlay boshqa darajaga etishdi. Islamning o'zi esa g'alabani qanday qilib o'zinikini qilishini shunday tushuntiradi: “Menda oson jangning kaliti bor. Bu kurash, kurash va yana kurash. O'ylaymanki, agar rejaga amal qilsam, uni osongina mag'lub etaman. Xabib va men Dastin uchun eng noqulay raqibmiz. Poreni kurashga tortib ketadiganlar unga doim muammo tug'diradi”, deydi rossiyalik sportchi. SHu bilan birga, biz Dastinning  zarba berish texnikasini hurmat qilishimiz kerak. Uning mushti har kimni silkitishi mumkin, lekin Maxachev boshi tomon kam-kamdan holatda zarba o'tkazib yuboradi. Faqatgina karerasi boshlanishi avvalidaga nokautli mag'lubiyatni qabul qilib olganini aytmasa, u jangdan jangga tajribaliga aylanib bormoqda.

Rossiyalikning murabbiyi Xaver Mendez Porening mahorati hali yaxshi ekanligini takidladi. “Menimcha, Dastin Xabibga qarshi jangdagidan ko'ra, ancha ulg'aygan, donoroq bo'lib qolgan. U avvalgidanda xavfli. Bix juda ehtiyot bo'lishimiz kerak, o'z jangimizni shunchaki ko'rsatishimiz lozim. Uni, albatta, oson raqib deb bo'lmaydi. Bahs oson bo'lishi mumkin, biroq biz bunga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Pore – ajoyib jangchi.

Rossiyalik jangchi raqibini hurmat qilishini shunday takidladi: “Ko'pchilik meni uni mensimaydi, deb o'ylaydi, ammo bu yigitda qattiqqo'llik, xavflilik va katia tajriba mavjud. Dastin bizning vaznimizdagi eng kuchli raqiblardan biri hamda u juda yaxshi gilyotinga ega. Ha, men uning gilyotinini hurmat qilmasligim mumkin, lekin mahoratiga shunchaki qoyil qolmasdan iloj yo'q. Gilyotinga kelsak, u bu harakati bilan biror kimni kaltaklaganini ko'rmaganman. Balki bir kun kelib shunday bo'lar, biroq menga qarshi bellashuvda bunday bo'lmaydi”, deydi Maxachev.

MMA’da ko'p sodir bo'ladigandek, ushbu to'qnashuvda ham bittagina zarba bahs masalasini hal qilib qo'yishi mumkin. Obektiv gapiradigan bo'lsak, Porening imkoniyatlari juda past. Amerikalikka bo'lgan ishonch kundan-kunga pasayib bormoqda. Islamning mahorati aslida ancha yuqori va u qiyinchiliksiz Dastinni engadigan kuchga ega. Duelda katta ehtimol bilan rossiyalik engil vazndagi kamarning eng ko'p himoyalanish rekordini takrorlaydi, amerikalik bo'lsa, uchunchi bor chempionlik jangida mag'lubiyatga uchraydi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing