04 iyu 12:02
Yangiliklar

Pore: "CHempionlik jangimda Konor bilan bahsdagi pulning uchdan birini ham ishlolmasdim"
"Ushbu qarorga kelishim oson bo'ldi. Agar men eng zo'ri bo'lsam Konorga qarshi jang qilaman va uni mag'lubiyatga uchrataman. Keyin esa kamar uchun oktagonga chiqaman. Bu orqali men o'z narximni ikki baravarga oshirdim. Men tavakkalchi yigitman, shuning uchun janglardagi malakamga ishonaman.
Kelishuvlarim haqida chuqurlashish siz uchun qay darajada qiziqligini bilmadim, lekin chempionlik jangim uchun men PPV foizlarini olmasdim va Konor bilan jangda oladigan pullarimning uchdan birini ham ishlay olmagan bo'lardim. Birinchi navbatda bu ish. Konor bilan jangda men bir necha barobar ko'p ishlayman. Bungacha aytganimdek, men turmush o'rtoq va otaman, o'z maqsadlarim bor", - dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, Konor va Pore o'rtasidagi uchinchi jang 11 iyul tongida o'tkaziladi.
Fikrlar