23 mar 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Pore: "Jangdan so'ng jarohatlaring haqida gapirmasliging kerak"
UFC jangchisi Dastin Porening fikricha, jangchi mag'lubiyatiga jarohatni bahona qilmasligi kerak.
SHu jumladan u Benua Sen-Denini tanqid qildi.
"Sen mag'lub bo'lganingdan so'ng infekciya bo'lganligi haqida gapirding, ammo g'alaba qozonganingda bu haqida o'ylamasding.
Men infekciya yuqtirib olgan holimda, singan oyoqlar bilan bir necha marotaba jang qilganman. Menda ham infekciya bo'lgan va men oktagonga chiqqanman.
Bu sinovlarning barchasi kurash deyiladi. Biz har kuni kurashamiz, gilamda bir-birimiz bilan ishlaymiz. Barchamiz jang oldidan qandaydir jarohatlar olamiz. Ammo mag'lub bo'lganingdan so'ng bu haqida gapirmasliging kerak", - dedi Pore.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar