02 iyu 21:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Makgregor nima sababdan uchinchi jangda xavfli ekanligini aytdi
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore Konor Makgregorga qarshi uchinchi jangidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men eng kuchli Konorni kutyapman. Hammasi shu jangga bog'liq. U bu jangga borini tikkan. Konor bu jangga pul emas, shon-sharaf uchun chiqmoqda. U nimanidir isbotlash uchun oktagonga chiqayotgani bilan xavfli.
Albatta, men uning bunga qattiq chog'langanini bilaman. Konor o'zida bor narsalarni qaytarib olish uchun harakat qiladi. Bu juda xavfli", -dedi Dastin Pore.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang Toshkent vaqti bilan 11 iyul kuni tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar