02 iyu 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Makgregorning faqat stoykada jang qilish taklifiga javob berdi
Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Dastin Pore ushbu divizion sobiq chempioni Konor Makgregorning taklifiga javob berdi.
Avvalroq, Konor jangni faqat stoykada o'tkazishni taklif qilgandi.
"Bu aralash janglar sanati. Har bir usulni qo'llash kerak. Bu Konor tomonidan o'ziga ishonchsizlikdek ko'rindi.
Men yosh bola emasman. Katta insonlarmiz, bazida hamma narsani ham boshqara olmaymiz. Konor, men seni butun dunyo ko'z o'ngida uchirib yuboraman", - deydi Dastin Pore.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore va Konor Makgregor o'rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuni o'tkaziladi. Ushbu jang g'olibi katta ehtimol bilan keyingi jangini titul uchun o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar