19 mar 13:40
Yangiliklar
Pore Maxachevni ortiqcha vaznda aybladi
Maxachev 2024 yil iyun oyida tashkil etilgan engil vazn toifasidagi (70,3 kg gacha) jangning beshinchi raundida Poreni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi.
"Islam o'sha jangda gavda jihatidan kattaroq edi, - dedi Pore Jo Roganga bergan intervyusida. - Yaqinda UFC’dagi Xanter Kempbellning ofisida bo'ldim. Ularda jang kuni barcha turnir ishtirokchilarining vazn ko'rsatkichlari bo'ladiyu, ammo ularni elon qilishmaydi. Lekin bu malumot ularda aniq bor".
"Biz Islam bilan jangim haqida gaplashdik va u menga uning vazni qancha ekanligini aytdi. Bu tentaklik. Uning vazni 86-87 kg. Men esa 80 kg edim", - deya qo'shib qo'ydi Pore. - O'shanda men unga qarab, elkasidagi tomirlarni va boshqa jismoniy taraflama ustun jihatlarni ko'rdim va bu yigitning qanchalik ulkanligini angladim".
Ammo Islam Maxachev bu "ayblovlar"ni rad etib, o'zining telegram kanalida jangda hech qachon 80 kg dan ortiq vaznga ega bo'lmaganini yozdi.

Fikrlar