29 apr 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Maxachevning yarimo'rta vaznda ham chempion bo'lishiga ishonmoqda
UFC jangchisi Dastin Pore Islam Maxachevning yarimo'rta vazndagi imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"Men avval ham aytganman: Topuriya va Maxachev o'rtasidagi jangni Xalqaro janglar haftasida ko'rishni istardim. Bu yirik jang bo'lardi. Hamma bu jangdan xursand bo'ladi. Men ham muxlis sifatida bu to'qnashuvni ko'rishdan mamnun bo'laman.
Bu jangdan so'ng Islam yarimo'rta vaznga ko'tariladi. U katta va baquvvat jangchi, uning mahorati yuqori darajada. Bu narsa unga har qanday raqib bilan raqobatlashish imkonini beradi. Maxachev yarimo'rta vazn uchun kichik emas. Katta ehtimol bilan, u bu toifada ham chempion bo'ladi", — dedi Pore.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar