12 iyu 17:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore qanday holatda Konor bilan to'rtinchi jang bo'lishi mumkinligini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore Konor Makgregor bilan to'rtinchi marta jang o'tkazishi haqidagi savolga javob berdi.
UFC 264 doirasidagi jangda Konor oyog'ini sindirib olib, Dastinga mag'lub bo'lgandi.
"Yigitlar, hozir Konorda uch mag'lubiyat va birgina g'alaba bor. To'rtinchi jangni o'tkazishimiz uchun u bir nechta jangda g'alaba qozonishi kerak", -deydi Dastin Pore.
Eslatib o'tamiz, UFC prezidenti Dana Uayt Pore va Makgregor o'rtasidagi to'rtinchi jangni tashkil qilish niyatida ekanligini bildirgandi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar