21 fev 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore va Yakvinta UFCdan o'z shartnomalarini bekor qilishni so'rashdi
Engil vazn toifasidagi mashhur UFC jangchilari Dastin Pore va El Yakvinta o'zlarining hozirgi shartnoma shartlaridan norozi bo'lishyapti.
Ularning har ikkisi ham UFC tashkilotidan amaldagi shartnomalarini bekor qilishni so'rashmoqda. Pore ham, Yakvinta hamda Tvitter ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida buni ochiq talab qilishgan.
UFC bu ikki sportchi o'rtasida jang o'tkazishni rejalashtiryapti. Lekin tashkilot tomonidan aytilayotgan gonorar Poreni ham, Yakvintani ham qoniqtirmayapti.
“O'ylaymanki, UFC gonorarni ko'paytiradi. Aks holda biz ketamiz. Bilishimcha, yozda Makgregor - Serrone hamda Xollouey - Fergyuson janglari o'tkaziladi. Bu holatda men va Pore qolyapmiz”, - dedi Yakvinta.
Havola :
Fikrlar