15 iyu 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Xabib bilan jang haqida: "Bu chempionlar ustidan qozongan ketma-ket beshinchi g'alabam bo'ladi"
UFCning engil vazn toifasida vaqtinchalik chempioni Dastin Pore 7 sentyabr kuni Xabibni mag'lub etish orqali tarixga kirmoqchi.
"To'rtta chempionni ketma-ket mag'lub etish menga ishonch berdi, men jahonning eng yaxshilari bilan kuch sinasha olishimni isbotlay oldim. Xabibni mag'lub etish orqali ketma-ket beshinchi chempion ustidan g'alaba qozongan bo'laman. Ularning biri xech qachon mag'lub bo'lmagan. Ushbu natija meni UFC va MMA tarixiga olib kiradi. Ammo, Xabib umuman boshqacha xavf tug'dira oladi", - dedi Pore.
Havola :
Manba : sportv.globo.com
Fikrlar