29 noy 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Xabibdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimani his qilganini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore 2019 yil Xabib Nurmagomedovdan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"O'sha payt menda juda qiyin vaziyat edi. Mehmonxonadagi xonamga keldim va juda katta imkoniyatni boy berganimni tushundim. Kameralar va musiqa o'chganidan so'ng, sen yolg'iz qolasan va ko'zguga qaraysan. Ana o'sha payt haqiqiy reallik boshlanadi. Buni hazm qilish juda qiyin.
Men shunchaki yuzimga urib, o'zimga davom etishni buyurdim. Bunday sinovlarni bergani uchun taqdirimdan minnatdorman. Har qanday to'siqlar bu yo'lning bir bo'lagi. Xabib bilan jangdan so'ng, yuragim shunchaki to'xtab qo'lgandek bo'lgandi", -deydi Dastin Pore.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar