27 mar 11:39
Yangiliklar

Porlashi kutilgan Artyom Vaxitov UFC'ga o'tmaydigan bo'ldi, sababi - pul!
Rossiya kikboksining yulduzi bo'lmish Vaxitov o'tgan yili Dana Uayt Kontenter seriyasida jang qilib, franciyalik Islem Masrafni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan holda UFC bilan shartnoma imzolash huquqiga ega bo'lgandi.
Lekin tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Bunga UFC'ning Artyomga taklif qilgan moliyaviy sharoiti sabab bo'ldi.
"Jamoam savdolashishga harakat qildi, ammo UFC qoidalari biror bir harakat uchun erkinlik bermaydi. Bunday yondashuv bilan bog'liq hech qanday shikoyatlarim yo'q, men ularning qoidalarini hurmat qilaman. Ammo men professional jangchiman, oilamni boqishim kerak va mening vaqtim ham cheklangan... UFC'ga kirish juda qiziqarli bo'lar edi, ammo moliyaviy sharoitlar boshqa takliflarga nisbatan jozibali ko'rinmadi, shuning uchun biz xushmuomalalik bilan rad etdik. SHunday qilib, muzokaralar o'zaro hurmat bilan yakunlandi", dedi Vaxitov.
Endi Artyom 14 iyun kuni Glory 100 turniri doirasida og'ir vazn chempioni Riko Verxuven bilan jang qiladi.
Fikrlar