29 jan 08:02
Yangiliklar
Portugaliya Gran-prisining ilk kuni biz uchun qanday keldi?
Yilning dastlabki IJF turnirida 5 qitaning 41 davlatidan jami 301 (179 erkak, 122 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqyapti. Ular qatorida 11 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Afsuski, musobaqaning birinchi kungi bellashuvlari yurtdoshlarimiz uchun medalsiz yakunlandi. Dzyudochilarimiz ilk davradayoq Yaponiya, Janubiy Koreya, Mo'g'uliston singari kuchli mamlakat vakillariga qarshi tatamiga chiqishdi.
Bahrom Baturov (-60 kg) ozarbayjonlik Balabay Agaevga, Mirzohid Mahammadjonov (-60 kg) koreyalik Harim Liga, Muhriddin Tilovov (-66 kg) yaponiyalik Yamato Fukudaga, Halimajon Qurbonova (-48 kg) portugaliyalik Katarina Kostaga, Gulnur Muratbaeva (-48 kg) esa koreyalik Li Hay Keyongga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar