23 jan 14:06
Yangiliklar
Dzyudo
Portugaliyaga yo'l oladigan dzyudochilarimizga yangi qoidalar bo'yicha tushuntirish berildi + FOTO
28-30 yanvar kunlari 2022 yilgi dzyudo mavsumining ilk IJF turniri o'tkaziladi.
Almadada o'tkaziladigan Portugaliya Gran-prisida 5 qitaning 45 davlatidan 400 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etadi. Ular orasida Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham musobaqa medallari uchun tatamiga chiqadi.
Kecha Portugaliyaga yo'l olishi kutilayotgan terma jamoamiz azolari uchun yaqinda elon qilingan yangi qoidalar bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi. Unda O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Bahodir Uzakbergenov dzyudochilarga Portugaliya Gran-prisidan kuchga kiradigan yangi qoidalar bo'yicha tushuntirish berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar