15 iyu 20:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin Joshua - Usik jangida kimga muxlislik qilishini aytdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua ishtirokidagi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Joshuaning navbatdagi raqibi WBO yo'nalishida majburiy davogar bo'lgan Usik bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
"Usikka ulkan salom, u yaxshi yigit, yaxshi bokschi. Ukrainaning barcha yigitlariga salom, hammasi - slavyanlar. Usik - Joshua jangini tomosha qilaman. Albatta, men Usikka muxlislik qilaman. Kim g'alaba qozonishini bilmayman, lekin Usik g'olib bo'lishiga umid qilaman.
Entoni yaxshi bokschi, ammo men baribir Usikni qo'llab-quvvatlayman. SHunday qilib, men hozir aslida boksni ko'rmayapman, lekin baribir o'zimiznikiga muxlis bo'lib tomosha qilaman deb o'ylayman", - dedi Povetkin o'zining Instagramidagi jonli efirda.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar