25 dek 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin mashg'ulotlarni boshladi
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi Aleksandr Povetkin koronavirusdan halos bo'ldi va mashg'ulotlarga qaytdi.
Bu haqida uning menejeri Dmitriy Ivanov malumot berdi.
"Sasha mashg'ulotlarga qaytdi: u har kuni 6 kilometr kross yuguradi, zalda shug'ullanadi. Biz Uaytga qarshi tayyorgarlikni boshladik. To'liq mashg'ulot lageri kelasi oy boshida bo'ladi. Ayni paytda mashg'ulot lagerini o'tash uchun baza tanlayapmiz", - dedi Ivanov.
Eslatib o'tamiz, Povetkinning Dillian Uaytga qarshi revanshi 21 noyabr kuniga belgilangandi. Ammo koronavirus bilan bog'liq muammolar sabab jang qoldirilgan.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar