21 avg 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin: Qiziqarli jang bo'ladi!
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin Dillian Uaytga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Jangni tashkil qilib berayotgan Xirnga minnatdorchilik bildiraman. Dillian kuchli va munosib raqib. Jang muxlislarga yoqadigan bo'ladi deb o'ylayman. Bahsni qanday yakunlanishini bilmayman, hech qachon jangdan oldin bashorat qilmaganman”,-dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin va Uayt o'rtasidagi jang ertaga bo'lib o'tadi. Bahs g'olibi WBC Diamond kamariga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar