20 fev 22:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin - Uayt jangi yana kechiktirilishi mumkin
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Aleksandr Poverkin va Dillian Uayt o'rtasidagi revansh jangi yana kechiktirilishi mumkinligi haqida xabar berdi.
"Jangning kechiktirilish ehtimoli bor. Bunday bo'lmasligiga umid qilaman, lekin hamma narsa bo'lishi mumkin. Eng muhimi Dillian Uayt hozirda qizil hudud bo'lgan Portugaliyani tark etib ulgurgan. Muammo shundaki, Britaniya hukumati Dillian Uaytdan davlat kasalxonasida izolyaciyalanishni talab qilmoqda. Buning iloji yo'q.
Biz aynan shu muammolar ustida ishlayapmiz. Lekin, jang uch haftaga, yani 27 martga ko'chirilishi mumkin. Umid qilamanki, jang 6 mart kuni o'z vaqtida o'tkaziladi", -dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar