23 avg 10:24
Yangiliklar

Povetkin - Uayt revansh jangi o'tkaziladi. Promouter muddatni aytdi
Xabaringiz bor, kecha tunda 40 yoshli Povetkin raqibini beshinchi raundda nokautga uchratib, superog'ir vaznda vaqtinchalik WBC chempionlik hamda maxsus tayyorlangan WBC Diamond kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
"Jangdan so'ng Uayt menga mag'lubiyatiga hali hamon ishona olmayotganini aytdi. O'tkazib yuborilgan zarbadan keyin malum muddat uyquga ketganini malum qildi. Jang to'rtinchi raunddagi ikkita chuqur nokdaundan so'ng Povetkinning mag'lubiyati bilan yakunlanishi ham mumkin edi. Lekin Sasha o'zida kuch va iroda topa bildi. SHartnomada revansh jangi bo'yicha alohida band bor. Uayt bu imkoniyatdan foydalanadi. Men promouter sifatida revansh jangini shu yilning o'zidayoq o'tkazaman. Dillian revanshda g'alaba qozonishi mumkin", — deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Malumot uchun, Aleksandr Povetkin kechagi g'alabasi bilan WBC chempioni Tayson Fyurining kamariga rasmiy davogarga aylandi. Katta ehtimol bilan Povetkin revanshdan ko'ra Fyuriga qarshi chempionlik jangini tanlasa kerak.
Fikrlar