16 dek 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin - Uayt revansh jangi qachon o'tkaziladi?
Og'ir vaznda vaqtinchalik WBC kamari sohibi Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) britaniyalik Dillian Uayt (27-2, 18 KO) bilan qachon revansh jangi o'tkazishi haqida gapirdi.
"Hammasi mening holatim qachon yaxshilanishiga bog'liq. Menimcha, mart oyigacha tayyor bo'lsam kerak.
Sog'lig'im? SHifoxonada davolandim. Jarohatlar bu sport turining bir qismi. Eng muhimi, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Hozircha uydaman va mashg'ulot o'tkazmayapman", - dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin avgust oyida Uayt bilan jang o'tkazib, 5-raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar