27 avg 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkin Usikka qarshi ehtimolli jangi haqida gapirdi
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Aleksandr Usikka qarshi o'tkazilishi mumkin bo'lgan jang haqidagi savolga javob qaytardi.
"Usik - juda yaxshi inson. Lekin nimaga biz jang qilishimiz kerak? Uning o'z yo'li, mening o'z yo'lim bor.
Agar biz faqat ikkimiz jahonda bokschi bo'lganimizda jang qilishimiz mumkin edi. Lekin dunyoda ko'plab bokschilar bor. SHuning uchun hozircha Usik bilan o'zaro jang qilishni rejalashtirayoganimiz yo'q", - dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, Povetkin 22 avgust kuni Dillian Uaytga qarshi jang qilib, raqibini beshinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar