24 avg 20:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Povetkinni yosh Tayson bilan taqqoslashdi
Rossiyalik bokschi Denis Lebedevning aytishicha, Aleksandr Povetkin Dillian Uaytni Mays Tayson uslubida nokautga uchratgan.
"Ushbu jang haqida fikr faqat bitta bo'lishi mumkin: bu boksning go'zalligi. Superog'ir vazn shunisi bilan ham qiziq. Qanday ajoyib nokaut!
SHuni aytish mumkinki, Sashaning zarbasi yosh Mayk Taysonnikiga o'xshab ketdi. Bu ajoyib zarba edi. Hammasi qoidasi bo'yicha bajarildi: chiroyli chiqish, oyoq harakati, aniq manzilga berilgan zarba. Bu SSSR boks maktabi", - dedi Lebedev.
Havola :
Manba : Р-Спорт
Fikrlar