23 noy 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Poytaxtimiz boks bo'yicha yirik xalqaro yig'inga mezbonlik qilmoqda (VIDEO)
Toshkent shahrida bir nechta davlat terma jamoalari ishtirokidagi boks bo'yicha xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilmoqda.
30 noyabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlarda vakillarimizdan tashqari Qozog'istonning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari, Tunis hamda qirg'izistonlik charm qo'lqop ustalari ishtirok etishyapti.
Yig'in Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida hamda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo'lib o'tmoqda.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar