30 iyu 11:17
Yangiliklar
Taekvondo
Poytaxtimizda 600 nafardan ziyod taekvondo ustalarini bir nuqtada birlashtirgan "Tashkent Summer Camp-2026" yig'ini o'tkazilmoqda
Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida taekvondo WT bo'yicha turli yosh toifalaridagi "Tashkent Summer Camp-2026" o'ziga xos yig'ini o'tkazilmoqda.
Kechadan boshlangan ushbu yig'in 2 avgust kuni o'z nihoyasiga etadi. Har kungi mashg'ulotlar turli tajribali murabbiylar qo'l ostida o'tkaziladi. Jumladan, kechagi yig'inga Sobir Nazaraliev rahbarlik qildi.
Mazkur yig'inda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya, SHveciya, Saudiya Arabistoni, BAA, O'mon va Quvaytdan yig'ilgan jami 600 nafardan ziyod taekvondochilar ishtirok etishmoqda.










Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar