So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

03 iyu 14:17
Yangiliklar

Velosport

Poytaxtimizda “Xalqaro velosiped kuni”ga bag'ishlab velomarafon o'tkazildi

Teglar :  Velosport
3 iyun “Xalqaro velosiped kuni” kuni munosabati bilan bugun poytaxtimizda velosport bo'yicha marafon o'tkazildi.

“Humo arena” sport majmuasining yonidan start olgan velomarafon poytaxtimizning “Beshyog'och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “SHarof Rashidov” va “Afrosiyob” ko'chalari bo'ylab jami 5 kilometr masofada tashkil qilindi. 

Mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, avvalo, aholi o'rtasida sportning ushbu turini yanada ommalashtirish, shahrimiz aholisining dam olish kunini mazmunli o'tkazishga xissa qo'shish va ularni jismoniy harakatga jalb qilishdan iboratdir. Ushbu velomarafonda 300 dan ortiq havaskorlar ishtirok etdi.

Velomarafon start olishidan avval so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Norboeva ushbu sport turining yurtimizdagi rivoji xususida to'xtalib o'tdi.

“Bugun bizning sportimiz uchun bayram. Barchamiz “Xalqaro velosiped kuni”ni O'zbekistonda nishonlash uchun jam bo'ldik. Yurtimizda ushbu sportga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida Toshkent velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Mazkur musobaqada qatnashgan terma jamoamiz vakillari ko'plab medallarni qo'lga kiritishdi. Barchangizga sog'lik-salomatlik tilagan holda marafon ishtirokchilariga omad tilayman”, – dedi Tanzila Norboeva.


Musobaqa yakunida velosport kunida va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda qo'shgan xissasi uchun barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing