So’nggi yangiliklar

16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0

27 fev 22:08
Yangiliklar

Tadbirlar

Poytaxtimizda xorijlik sport shifokorlari ishtirokida xalqaro anjuman o'tkazilmoqda

Bugun Toshkentdagi “Hilton” ko'p tarmoqli mehmonxonasida sport tibbiyoti sohasida xalqaro anjuman boshlandi.

Respublika xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda “Anesteziologiya-reanimatologiya va intensiv davolashda yangi texnologiyalar“ nomli Xalqaro ilmiy anjuman o'tkazildi. Unda Sog'liqni saqlash vaziri Alisher SHodmonov, yurtimizda sport sohasining etakchi mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Anjumanda, shuningdek, MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham qatnashdi va nutq so'zladi. 

“Ayni paytda Tokio Olimpiadasiga davlatimiz qo'llab-quvvatlashi asosida katta hajmdagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi marta barcha federaciyalarda sport shifokori, psixolog, dietolog, massajchi shtat-birliklari ochildi va to'liq moliyalashtirildi. Bu borada har bir federaciyada tajribali mutaxassislar ish boshlashdi. Ishonamanki, bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi yurtimizda sport tibbiyoti rivojiga ulkan xissa qo'shadi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Anjuman doirasida “Sport tibbiyoti“ amaliyotida shoshilinch holatlar rukni tashkil etilib, ushbu yo'nalish bo'yicha qator xorijiy mamlakatlar, jumladan, Amerika Qo'shma SHtatlari, Italiya, Germaniya, Rossiya Federaciyasi va Qozog'istondan kelgan etakchi olimlar ishtirokida Satelit simpozium o'tkazildi.

Ushbu anjumanda sport faoliyatida uchraydigan shoshilinch holatlarda sportchilarga tibbiy yordam ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari mavzusida fikr almashilindi. Tadbir davomida O'zbekiston sport federaciyalarida faoliyat olib borayotgan ko'p sonli shifokorlar, ilmiy-amaliy markaz vakillari, sport tibbiyoti bo'yicha mutaxassislar ham ishtirok etishdi. 

Maruzalarda xorijiy mutaxassislar tomonidan berilgan malumotlar atletlarimizni nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga tibbiy-psixologik hamda jismoniy jihatdan tayyorlash masalasida o'ziga xos tajriba maktabi bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing