So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

31 jan 11:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Prates Islam Maxachevga qarshi jang rejasini oshkor qildi

Karlos Prates vazn toifasidan qati nazar UFC’ning eng yaxshi jangchisini mag'lub etish uchun Islam Maxachev bilan qanday jang qilish kerakligi haqida gapirdi.

"Islam bilan jang qilish har doim juda qiyin. U grepplingda juda yaxshi va uning zarbasi ham ajoyib. O'ylashimcha, dastlabki uch raundda qattiq pressingga duch kelardim. Aksariyat jangchilar u bilan urishganda, uning teykdaunlaridan himoyalanishga harakat qiladi. Lekin men eng muhimi qanday qilib tik turish ustida ishlash deb hisoblayman. SHu bilan birga, unga zarar etkazishda davom etish va jangni muddatidan oldin yakunlashga harakat qilish kerak. CHunki hakamlar qarori bilan ochkolar bo'yicha g'alaba qozonish juda qiyin bo'ladi. Uni mag'lub etishning to'g'ri yo'li nokaut qilishdir. Ammo buni bir zarba bilan hal qilib bo'lmaydi - uni nokautga uchratish uchun butun jangni malum bir tarzda tashkil etish lozim. Va men buni qila olishimga ishonaman", - dedi braziliyalik nokautchi Sidneyda bo'lib o'tgan matubot anjumanida.

Ayni paytda Karlos Prates UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Uning navbatdagi raqibi esa divizionning sobiq chempioni, o'tgan yilning noyabr oyida aynan Maxachev chempionlik unvonini tortib olgan avstraliyalik Jek Della Maddalena bo'lishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing