20 avg 07:57
Yangiliklar
Prates UFC bilan yangi shartnoma imzoladi, birinchi jang – Maxachevga qarshi!
Yangi kelishuvga qo'shimcha ravishda, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachevga qarshi navbatdagi chempionlik jangida ishtirok etish kafolatini oldi.
Bu haqda "Dahshat" (The Nightmare) laqabli jangchi sport sharhlovchisi Ariel Xelvani bilan bo'lgan intervyusida malum qildi.
"Men chempionlik uchun navbatdagi davogarman, eng muhimi shu! Men sakkizta jang uchun yangi shartnoma imzoladim va ularning birinchisi chempionlik jangi bo'ladi", – dedi braziliyalik sportchi.
CHempionlikka yana bir davogar Maykl Moralesning istiqbollari haqidagi savolga Prates, mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan ekvadorlik yana bitta jang o'tkazishi kerak, deb javob berdi.
"Morales yana bitta jang o'tkazishi kerak, balki Belal Muhammad yoki kuchli beshlikdagi boshqa biror raqib bilan. Unga yana bir g'alaba kerak", – deya qo'shimcha qildi Prates.
O'tgan dam olish kuni Karlos Prates Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi chempionlik jangini shaxsan oktagonda chetida kuzatib borgandi.

Fikrlar