17 iyu 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Prezident kubogi". Mirzahalilov tojikistonlik raqibga qarshi jang qildi
Qozog'iston poytaxti Nur-Sultan shahrida boks bo'yicha "Prezident kubogi" xalqaro turniri davom etmoqda.
Avvalroq, bugun 5 nafar bokschimiz jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Hozirgina -57 kg vaznli bokschimiz Miraziz Mirzahalilov turnirdagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz ushbu bosqichda tojikistonlik Boxtavar Sagizovga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq bokschimizning ustunligi ostida kechdi va unda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Birozdan so'ng jang videosi olamsport.com saytiga joylashtiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar