So’nggi yangiliklar

11:25Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчиларнинг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 10:40Президент Шавкат Мирзиёев шахматчиларни Олимпиададаги ғалаба билан табриклаб, Синдаровга чемпионлик баҳсида омад ёр бўлишини тилади 0 20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0

28 sen 10:40
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident SHavkat Mirziyoev shaxmatchilarni Olimpiadadagi g'alaba bilan tabriklab, Sindarovga chempionlik bahsida omad yor bo'lishini tiladi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident SHavkat Mirziyoev Samarqandda o'tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida g'olib bo'lgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasini tabrikladi.

Davlat rahbari shaxmatchilarni «Yangi O'zbekiston qahramonlari» va jahon shaxmatida yangi tarix yaratgan avlod deb atadi. Mirziyoev terma jamoaning turnir davomida amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston, Xitoy va turnir oldidan birinchi raqamli saralangan AQSH jamoalaridan ustun kelganini alohida qayd etdi. 

"Qadrli o'g'il-qizlarim!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo'lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g'alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko'pmillatli xalqimizga muborak bo'lsin! Mana shu g'oyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda ko'rsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda. Sizlar – Yangi O'zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi, g'ururlanadi.

Ushbu nufuzli musobaqalarda sizlar tengsiz aql va tafakkur egalari bo'lgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar ekaningizni amalda namoyon etdingiz. Sizlar amaldagi Olimpiada chempioni – Hindiston jamoasini mag'lub etdingiz. Qadimiy shaxmat maktabi va ko'plab grossmeysterlarga ega bo'lgan Xitoy jamoasi ustidan tarixiy g'alabani qo'lga kiritdingiz. Dunyo reytingida birinchi o'rinni egallab kelayotgan, olti karra Olimpiada chempioni bo'lgan AQSH jamoasidan ham ustun keldingiz.

Nodirbek Abdusattorov barcha o'yinlar davomida mag'lubiyat nima ekanini bilmasdan, chinakam jamoa lideri ekanini isbotlab, birinchi taxtada oltin medal sohibiga aylandi. Nodirbek Yoqubboev esa Turkiya, Hindiston, Xitoy va AQSH vakillariga qarshi murosasiz bahslarda chinakam iroda va matonat ko'rsatib, jamoamiz uchun hal qiluvchi g'alabalarni taminlaganini alohida takidlab aytmoqchiman. Ayniqsa, Yoqubboevning hindistonlik Nihal Saringa qarshi bellashuvi haqiqiy dramatik jang bo'ldi. Yangi O'zbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qo'llagan taktik yurishlarini ko'rib, dunyo shaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi.

Yana bir mard o'g'lonimiz, Javohir Sindorov chempionlarga xos o'yin ko'rsatib, umumiy g'alabaga katta hissa qo'shdi.

Bunday yirik xalqaro musobaqada birinchi marta ishtirok etgan Muhiddin Madaminov o'g'limizning kuchli raqiblariga kutilmagan zarbalar bergani va birorta ham mag'lubiyatga uchramagani yuksak bahoga munosibdir.

SHamsiddin Vohidov Hindiston, Turkiya va Vengriya vakillariga qarshi murosasiz o'yinlarda o'zini yo'qotmasdan, muhim ochkolarni olishga erishgani ham muxlislar xotirasida saqlanib qoladi. Bir so'z bilan aytganda, terma jamoamiz azolarining har biri o'ziga ishonib, faqat oldinga qarab borganini ko'rib, Yangi O'zbekistonda qanday buyuk shaxmat maktabi, shaxmatchilar avlodi shakllanganiga butun dunyo tan berdi. Musobaqalarda ikkinchi tarkib bilan ishtirok etgan jamoamiz qayd etgan natija ham bizni quvontiradi. Jahongir Vohidov o'g'lim kuchli iroda ko'rsatib, ushbu jamoamizni sovrinli o'rinlar sari boshladi. Ispaniya, Angliya va Niderlandiya kabi davlatlar vakillari ustidan qozonilgan ishonchli g'alabalar unutilmas tarixga aylandi", deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing