So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 iyu 17:49
Yangiliklar

Kurash

Prezident sovrini uchun o'tkazilayotgan musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Buxoro viloyati markazidagi “Buxoro” sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan I xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xalqaro kurash associaciyasi rahbari Komil Yusupov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov, Buxoro viloyati hokimi O'ktam Barnoev, Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti Komil Yusupov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi:

“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan xalqimizning ko'p yillik qadriyatlaridan biri bo'lgan o'zbek kurashini rivojlantirish, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga katta etibor qaratilmoqda. Ilk marota o'tkazilayotgan ushbu turnir ham milliy kurashimiz dovrug'ini dunyoga yanada keng yoyishiga umid qilib qolamiz”- dedi u.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Kurash federaciyasi, Xalqaro kurash associaciyasi, O'zbekiston yoshlar ittifoq hamkorligida o'tkazilayotgan turnirga Afg'oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Gollandiya, Portugaliya, Gonkong, Hindiston, Eron kabi 20 ga yaqin mamlakatlarning eng kuchli polvonlari tashrif buyurishdi.

Bugun, 9 iyun kuni start olgan bellashuvlarda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha va 100 kgdan yuqori vazn toifalarida, ayollar 52, 63 va 78 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun gilamga tushishyapti.

Eslatib o'tamiz, musobaqada o'z vazn toifalarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 3000 AQSH dollari, 2-o'rin sohiblari 2000 AQSH dollari hamda 3-o'ringa sazovor bo'lgan polvonlar esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing