So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

11 apr 07:43
Yangiliklar

Kurash

Prezident sovrini uchun o'tkazilayotgan xalqaro turnirda birinchi kun g'oliblari malum FOTOGALEREYA

Teglar :  At-TermiziyTermiz
Termiz shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xalqaro turniri o'tkazilmoqda.

XV xalqaro turnirning dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro kurash Associaciyasi prezidenti Haydar Farmon hamda Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolovlar tabrik uchun so'zlar ekan, mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizdan bo'lgan kurashga qaratilayotgan yuksak etibor haqida takidlar ekan, kurashning dunyo bo'ylab keng quloch yozishida ushbu turnirning ahamiyati alohida o'rin tutishi, qolaversa, mamlakatimizda kurash bo'yicha alohida sport maktablarining ochilishi-kurashning yanada rivojlanishiga turtki bo'lishini takidlab,barcha turnir ishtirokchilariga bellashuvlarda omad tilashdi.

SHundan so'ng Mahmud Nomozov, Adham Soliev, Iroda Iskandarova singari el sevgan taniqli xonandalar ishtirokida kuy-qo'shiqlar ko'ngillarga o'zgacha zavq-shavq bag'ishladi.  

Tantanali ochilish marosimi yakunlangach, erkaklar va ayollar o'rtasidagi yarim final va final bahslari bo'lib o'tdi.

Musobaqada erkaklar -81, -90 kg., ayollar esa -48, -57, -63, -70 kg. vazn toifalarida kuch sinashishdi. SHiddatli va murosasiz o'tgan bellashuvlarda qo'ydagi polvonlar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Ayollar

48 kg. vazn toifasi:

1. Mohinur Mo'minova (O'zbekiston)

2. Ayzxan Zilkbaeva (Qozog'iston) 

3. Gulhayo Jo'raeva (O'zbekiston)

3. Sarviniso Abdullaeva (O'zbekiston)

57 kg vazn toifasi:

1. Bakit Kussakbaeva (Qozog'iston) 

2. Iroda Mamashoeva (O'zbekiston)

3. Muxlisa Abdumalikova (O'zbekiston)

3. Petras Datrisia (Ruminiya)


63 kg vazn toifasi:

1.Malikaxon Qahhorova (O'zbekiston) 

2. Lniani Snia Maria (Polsha)

3. Oydinaxon Zokirjonova (O'zbekiston)

3. Regina SHatrauskaya (Belarus)


70 kg vazn toifasi:

1. Vladlena Guseva (Rossiya) 

2. SHohista Nazarova (O'zbekiston)

3. Ravzaxon Adasheva (O'zbekiston)

3. Ayala Mereke (Qozog'iston)

Erkaklar

81 kg vazn toifasi:

1. Umar Bozorov (O'zbekiston) 

2. Olamafruz Abdurahmonov (Tojikiston)

3. Umid Esanov (O'zbekiston)

3. Afzali Del Aqa (Afg'oniston)


90 kg vazn toifasi:

1. Aram Grigorian (Rossiya) 

2. Jonibek Qozoqov (O'zbekiston)

3. Jahongir Mamatrahimov (O'zbekiston)

3. Paata Gvinashvili (Gruziya)

Bellashuvlar yakunlangach, taqdirlash marosimi o'tkazildi. SHohsupaga ko'tarilgan birinchi o'rinlar uchun 3 000, ikkinchi o'rinlar uchun 2 000, ikkita uchinchi o'rin sohiblari uchun esa 1 000 AQSH dollaridan taqdim etildi.

Bugun, 11 aprel kuni erkaklar o'rtasida -60, -66, -73 kg hamda mutloq vazn toifasida kuchlilar aniqlansa, ayollar o'rtasida +70 kg vaznda  g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi (Termiz, Surxondaryo)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing