03 noy 08:21
Yangiliklar

Prof bokschilar ham Olimpiadada qatnashadi, faqat bitta shart bilan
AIBA Kongressi doirasida bir qator muhim masalalar ham ko'rib chiqildi. Ulardan biri professional bokschilarning ham Olimpiadada ishtirok etishi bo'ldi. Faqat bitta sharti bilan prof bokschilar olimpiya o'yinlarida qatnashishlari mumkin.
Yani, bokschi Olimpiadaning saralash bahslari boshlanguniga qadar professional ringda 15tadan ko'p jang o'tkazmagan bo'lishi shart. Aynan shu talab bajarilgan holatda professional bokschilar ham Olimpiadada qatnashishlari mumkin bo'ladi.
Malumot uchun, bugungi kunda professional faoliyatini olib borayotgan SHahram G'iyosov (5ta jang), Murodjon Ahmadaliev (4ta), Bahodir Jalolov (3ta), Elnur Abduraimov (2ta) kabi charm qo'lqop ustalarimizda Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Kamoliddin ALIMOV, Moskva, Rossiya Federaciyasi
Fikrlar