29 sen 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88610_220.jpg)
Professional bokschimiz Qozog'istondagi jang oqshomida ringga ko'tariladi
Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Xurshid Tojiboev navbatdagi jangini qachon o'tkazishi aniq bo'ldi.
Britaniyaning "MTK Global" kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan bokschimiz 12 oktyabr kuni Qozog'istonning Almati shahrida bo'ladigan jang oqshomida ringga ko'tariladi.
Hozircha o'sha kuni hamyurtimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Xurshid Tojiboev shu kungacha prof ringda ikki marotaba jang o'tkazgan va ularning har ikkisida ham g'alaba qozongan. Janglaridan birini u nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar