29 apr 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA
36 yoshli Xurshid Tojiboev Germaniyada ringga ko'tariladi + POSTER
Havaskor boksda jahon chempioni, ikki karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Xurshid Tojiboev yana ringga qaytmoqda.
Hamyurtimiz 30 may kuni Germaniyaning Gamburg shahridagi Active City Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida qatnashadi.
Tojiboevga musobaqa doirasida kim raqiblik qilishi hozircha nomalum.
Malumot uchun, Xurshid Tojiboev 36 yoshda. U prof boksda hozirga qadar 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Yurtdoshimiz oxirgi jangini 2025 yilning may oyida Ispaniyada ekvadorlik Jefferson Vargasga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar