17 apr 15:25
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ikkita medal qo'lga kiritildi
Bugungi bellashuvlar yakuniga 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldik. -70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHirinjon Yo'ldosheva Osiyo chempionligi uchun kechgan final bellashuvida KXDR vakilasi Song Munga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. SHirinjon qo'lidagi jarohat bilan harakat qilganini aytish o'rinli bo'ladi.
Yarim finalda aynan SHirinjon Yo'ldoshevaga yutqazgan terma jamoamiz azosi Xurshida Razzoqberdieva bronza medalini qo'lga kiritdi. U Xitoy Taypeyi vakilasi YU-Jung Liaodan ustun ekanini amalda isbotladi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan oltinchi o'ringa pastladi. Ertaga og'ir vazn toifalarida medallar uchun kurash kechadi.
Kumush medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva




Fikrlar