19 may 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Promouter Bivol - Benavides jangi bo'yicha muzokaralar boshlanganini tasdiqladi
Yarimog'ir vaznda jahon chempioni Dmitriy Bivolning promouteri Eddi Xirn amerikalik Devid Benavides bilan jang bo'yicha muzokaralar boshlanganini tasdiqladi.
"Biz Luis Dekubas va PBC vakillari bilan muloqot qildik. Bu juda katta jang. Albatta, Dmitriy avval 30 may kuni g'alaba qozonishi kerak. Dmitriy katta janglarda qatnashishni istaydi. U Ayfert kabi majburiy davogarlarga qarshi chiqishni xohlamaydi. Unga katta janglar kerak va Bivol — Benavides aynan tashkil qilinishi shart bo'lgan to'qnashuv", — dedi Xirn BoxingScene nashriga.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar