06 may 16:43
Yangiliklar
Promouter Klichko bilan jangdan keyin Joshua qanday o'zgarganini aytdi
"Joshua yanada kuchli bo'ldi. Bu esa Klichko bilan jangdan keyin yuz berdi. U faoliyati davomidagi eng og'ir jangini o'tkazdi va juda ko'plab zarbalarni o'tkazib yubordi.
Menimcha, u bunday boks tushishda davom etsa, uzoq va davomli, muvaffaqiyatli faoliyat bo'lishini orzu ham qilmaslik kerakligini tushungan bo'lsa kerak. Entonini Jermeyn Franklinga qarshi jangdan keyin ham tanqid qilishgandi.
Biroq u o'shanda yaxshi himoyalangan, qo'lqopi bilan ko'plab zarbalarga chap bera olgandi. SHuningdek, fantastik darajada yaxshi harakat qilib, oradagi masofani to'g'ri ushlab turgandi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning 29 aprelida Entoni Joshua 11-raundda Vladimir Klichkoni texnik nokaut evaziga mag'lub etib, bir yo'la uch yo'nalishda jahon chempioniga aylangandi.
Fikrlar