06 jan 20:22
Yangiliklar

Promouter: "SHohjahon Ergashev birinchi yarim o'rta vaznning eng zo'ri!"
Ayni paytda SHohjahon o'zining 17 yanvar kuni AQSHda o'tkazadigan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ergashevning promouteri Dmitriy Salita joriy 2020 yilda mijozining birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Josh Teylor bilan jangini tashkil etmoqchi.
"SHaxsan men Ergashevni birinchi yarim o'rta vazn toifasining eng yaxshi bokschisi deb tan olaman", - deya Sky Sports nashriga intervyu berdi Salita hamyurtimiz haqida. - SHohjahon Kronk zalida tajribali murabbiy SHugar Xill qo'l ostida mashg'ulot o'tkazib, yaxshigina o'sishga erishdi. Uning mahorati kundan-kunga ortib boryapti. U o'tgan yilning avgust oyida ajoyib jang o'tkazdi. 17 yanvar kungi jangida esa uni yanada kuchli bo'lganini ko'ramiz. Unda nafaqat nokautbop zarbasi, balki tezligi ham bor. Ergashevning Josh Teylorga qarshi jangi muxlislarda katta qiziqish uyg'otadi. Men bu jangni tashkil qilish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman".
Fikrlar