25 mar 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Promouter: "Tayson Fyuri faoliyatini yakunlashi mumkin"
Tayson Fyurining so-promouteri Frenk Uorren Aleksandr Usikka qarshi jang bekor bo'lganiga o'z munosabatini bildirdi.
"Tayson jang bekor bo'lganidan juda ham norozi. U jangga tayyorgarlik ko'rgandi, mashg'ulotlar o'tkazgan edi. Eshiting, u faoliyatini yakunlashi mumkin. U nimani rejalashtirayotganini bilmayman, ammo u o'zi istagan ishni qilishga haqli.
Usik jang qilishni istayotganiga judayam ishongandim. Unga pul emas, kamarlar muhim deb o'ylagandim. Ammo aynan u sabab jang bekor bo'ldi", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : twitter.com/muhammadmokaev
Fikrlar