25 avg 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter: Uayt qilmishiga yarashasini oldi
Promouter Bob Arum Dillian Uaytning Aleksandr Povetkindan uchralgan mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Uaytning muammosi shundaki, u Povetkin bilan jang haqida emas, Tayson Fyuri bilan bahs haqida o'yladi. Bu axir superog'ir vazn. Bu erda boshqa jang haqida o'ylab ringga chiqish mumkin emas. Ayni paytdagi raqibga bor etiborni qaratish lozim.
Dillian Uayt qilmishiga yarashasini oldi. U Tayson Fyuri haqida bo'lmag'ur gaplarni gapirdi, WBC bilan bahslashdi. Buni ustiga Fyuri - Joshua jangi tashkil etilishiga halal berdi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar