So’nggi yangiliklar

08:38Гэтжи билан жангда юзи "таъмирталаб" бўлиб қолган Топурия ҳозирги ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 08:07"Реал" ўртоқлик ўйинида "Фиорентина"ни юта олмади + ВИДЕО 0 00:37Сербиядаги UFC турнирининг марказий жанги ярим дақиқада ниҳоясига етди! 0 00:12Гусков ўрнига захирага чиққан жангчи Блаховични биринчи раунддаёқ "тинчитди"! 0 23:49UFC Белград. Ракич ва Тибура ўртасидаги баҳс ғолиби 3 раундда аниқланди 0 19:03Алекс Перейра ММАдаги фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:39Усман Нурмагомедов: "Мен дунёдаги энг кучли енгил вазнли жангчиман" 0 18:13Жорж Сен-Пьер Махачев — Гарри жанги учун тахмин билдирди 0 17:46Месси "Коламбус"га қарши ўйнайдими? "Интер Майами" мураббийи жавоб берди 0 17:18Алекс Перейра яна UFC чемпионлик камари учун жанг қилиш истагини билдирди 0 16:54FIDE август ойи учун рейтингни эълон қилди. Жавоҳир Нодирбекдан юқорида! 0 16:26Шара Буллет RAF билан шартнома имзолади + ПОСТЕР 0 16:00"Барселона" ёзги тўртинчи трансферини амалга оширди 0 15:25Рақиби Ислам Дулатов нима учун Абу-Дабидаги жангдан воз кечганини айтиб берди 0 14:58Дана Уайт Сербия Президентига UFC чемпионлик камарини совға қилди + ФОТО 0

23 apr 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Provodnikov Pakyao bilan jangning yangi ehtimoliy sanasini aytdi

Rossiyalik 42 yoshli sobiq jahon chempioni Ruslan Provodnikov sakkiz vazn toifasida 47 yoshli sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga qarshi jangi qachon o'tkazilishini ochiqladi.

Ruslan ushbu ko'rgazmali maqomdagi jang shu yilning yozida AQSHda o'tkazilishiga umid qilmoqda, biroq hozircha tashkilotchilar tomonidan bu rasman tasdiqlanmagan. Aslida jang fevral oyida elon qilingan va unga ko'ra, 18 aprel kuni Las-Vegasda bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo keyin Pakyao jamoasi sentyabr oyida Floyd Meyvezer bilan revansh jangini elon qildi. 

"Afsuski, jang aprel oyida o'tkazilmaydi, lekin umid qilamanki, u iyun oyida bo'lib o'tadi", - dedi rossiyalik bokschi World Boxing News nashriga bergan intervyusida. — Men chindan ham shunga umid qilaman va bunga ishonaman. Biz hammasini tayyorladik. Ruxsat berishlari bilanoq chamadonlarimni yig'ishtirib, o'z jamoam bilan Amerikaga uchib ketaman.

O'tgan yili professional ringga qaytgan va shuning barobarida 49 yoshli Meyvezerni ham katta boksga qaytarmoqchi bo'lgan 47 yoshli Pakyaodan farqli ravishda Provodnikov faoliyatini davom ettirmaslikka qatiy qaror qilgan.

"Mening faoliyatim allaqachon tugagan. Men boshqa ishga o'tdim va hozir asosiy ustuvorligim - bu oilam!", - dedi Provodnikov. — Boks ortda qoldi. Ko'rgazmali janglar shunchaki tomoshabinlarni xursand qilish uchun o'tkazilishi mumkin, ammo jiddiy ravishda qaytib, faoliyatimni qayta boshlash uchun emas. Har narsaning o'z vaqti bor".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing