01 dek 14:30
Yangiliklar
PSJ Muhammad Salohga Evropadagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi bo'lishni taklif qilmoqda
Parijning PSJ klubi rahbariyati Kilian Mbappedan keyin jamoaga yangi lider olib kelishni maqsad qilgan. El Nacional bergan malumotlarga ko'ra, parijliklar rahbari Nosir Al Helayfi jamoaning yangi etakchisi sifatida Muhammad Salohni ko'rmoqda.
Salohning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida o'z yakuniga etadi. Futbolchi klub hali ham yangi shartnoma taklif qilmaganini aytdi. Parij klubi esa Salohga yiliga 40 mln evro maosh taklif qilishga tayyor. Bu summa ichiga xar hil bonuslar kirmagan. Barcha bonuslar qo'shiladigan bo'lsa, Saloh bu taklifga ko'ra Evropadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin.
32 yoshli Muhammad Saloh yana biroz eng yuqori darajada futbol o'ynamoqchi. SHu sababli, u AQSH va Saudiya arabistonidan kelayotgan takliflarga etibor qaratmayapti.
O'z navbatida, PSJ "Liverpul" bilan yanvardayoq kelishib olmoqchi. Bu ingliz klubi ham o'zi uchun malum miqdordagi pulni kafolatlashini anglatadi.
Malumot uchun, Saloh ushbu mavsum APLning 12 ta o'yinida 10 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Fikrlar