02 iyu 15:56
Yangiliklar
Futbol

PSJ yana bir iqtidor uchun kurashga qo'shildi
PSJ “River Pleyt”ning argentinalik iqtidor sohibi Franko Mastantuononi transfer qilish borasida faol muzokaralar olib bormoqda.
Parijliklar futbolchining vakillari bilan bir necha haftadan beri munozaralar davom etmoqda. Hozircha kelishuvga erishilgani yo'q, ammo parijliklar yosh yarim himoyachiga ham qiziqish bildirayotgan Evropaning bir qator etakchi klublarini mag'lub etishlariga ishonmoqda.
Futbolchining Argentina jamoasi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 15 million evroga baholagan. 17 yoshli Mastantuono “River Pleyt” safida 19 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Havola :
Fikrlar