28 jan 08:41
Yangiliklar
Sport kurashlari
PWL 11. Zaurbek Sidakovning Toshkentdagi raqibi elon qilindi (POSTER)
27 mart kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasi o'tkaziladi.
Liga matbuot xizmati turnirda ishtirok etadigan rossiyalik erkin kurashchi Zaurbek Sidakovning raqibini elon qildi.
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari g'olibi PWL 11 musobaqasida yaponiyalik Jahon chempioni Kota Takaxashi bilan bahs olib boradi. Bellashuv 74 kg vazn toifasida o'tkaziladi.
Avvalroq, turnirda Zaurbekning O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari g'olibi Razambek Jamalov bilan to'qnash kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Havola :
Manba : instagram.com/wrestliga_com
Fikrlar