31 dek 15:17
Yangiliklar

Pyotr Yan 2021 yilda nechta jang o'tkazishini aytdi
Rossiyalik chempion bu haqida UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida malum qildi.
"2021 yilda uchta jangda oktagonga chiqaman. To'g'ri, oldindan reja qilish unchalik ham to'g'rimas. Dunyodagi pandemik vaziyat barcha rejalarni o'zgartirib yubormoqda. Lekin men bu rejani amalga oshirish uchun astoydil harakat qilaman. Yanvar oyida mashg'ulotlarni boshlayman", – dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Yan aslida 13 dekabr kuni UFC 256 turnirida o'z kamarini amerikalik rasmiy davogar Aljameyn Sterlingdan himoya qilishi kerak edi. Ammo ushbu jang UFC tomonidan 2021 yilga qoldirilgandi. Avvalroq, Pyotr Yan fevral oyida Sterling, mayda esa Ti Jey Dillashouga qarshi jang o'tkazmoqchi ekanligini aytgan edi.
Fikrlar