07 jan 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan AQSHga uchib ketdi
Engil vaznda UFC chempioni Pyotr Yan AQSHga jo'nab ketdi.
Rossiyalik chempion American Top Team zalida mashg'ulotlarni boshlaydi. Odatda Yan Tailandda Jon Xatchinson qo'l ostida janglarga tayyorgarlik ko'rar edi.
"Mayamiga uchib ketyapman. U erda American Top Team zalida mashg'ulotlarni boshlayman. Hozir juda ko'p zallar pandemik vaziyat sabab yopiq. Men tanlagan zalda engil vaznli jangchilar ko'p. Joni Boy 25 yanvar kuni Abu Dabidagi turnirdan so'ng uchib keladi va biz yana birgalikda ishlashda davom etamiz", – deydi Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan aslida dekabr oyida Aljameyn Sterlingga qarshi jangda kamarini himoya qilishi kerak edi. Lekin o'shanda jangni kechroq muddatga ko'chirishgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar