10 mar 20:20
Yangiliklar
Pyotr Yan bugun jarohati bilan jang qilgan ekan
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga chiqib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu jangda Yan jarohat bilan chiqqani malum bo'ldi.
"Bugun 15 daqiqa to'liq bir oyog'imda jang o'tkazdim. So'nggi bir oy davomida umuman sparring janglar o'tkazmadim. Hatto kurashmadim ham. SHunday bo'lsa-da, jangni bekor qilmadim va bugun g'alaba qozonishni uddaladim", — dedi Yan jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Pyotr Yan bundan avvalgi g'alabasini 2021 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan UFC 267 turnirida qo'lga kiritgan edi. O'shanda u besh raund to'liq davom etgan jangda amerikalik Kori Sendxagenni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. O'shandan keyin esa ketma-ket janglarda Aljameyn Sterling, SHon O’Melli va Merab Dvalishviliga yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar