08 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Dvalishvili - O'Melli jangi uchun o'z taxminini aytdi
Rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan Merab Dvalishvili va SHon O’Melli o'rtasidagi kutilayotgan chempionlik jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Merabning g'alaba qozonishi ehtimoli 70 foiz. SHon qattiq ura oladi, unda yaxshi boks texnikasi bor. Lekin u g'alaba qozona oladi, deb ishonmayman. Agar tanlashimga to'g'ri kelsa, men SHon bilan jang qilgan bo'lardim — ikkimiz ham zarbachimiz, demak, yaxshi jang bo'ladi.
Merab ko'proq kurashadi, men bunga hurmat bilan qarayman. Birinchi jangimizdan ko'p narsalar o'rgandim, ikkinchisi boshqacha bo'ladi. Unga qarshi jangda g'alaba qozonishimga ishonaman", — dedi Yan.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar