02 avg 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pyotr Yan Dvalishvili – Sendxagen to'qnashuvi g'olibi bilan jang qiladi" - menejer
Pyotr Yanning menejeri Sayat Abdraxmanov jangchining kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
– Pyotr uchun eng ideal scenariyni qanday ko'rasiz? Endi nima bo'ladi?
– Menimcha, Pyotr – chempionlik kamariga navbatdagi davogar. Merab Dvalishvili oktyabrda Kori Sendxagenga qarshi jang qiladi. UFC uzoq vaqt Merabning navbatdagi raqibini aniqlashga uringanini bilaman. Lekin vaqt jihatidan qaraydigan bo'lsak, Pyotr oktyabr boshiga tayyor bo'la olmasdi. SHu sababli Sendxagen tanlandi.
Keyin esa Pyotr g'olib bilan jang qiladi. Agar bu Merab bo'lsa, u kamarni tez-tez himoya qilishni xohlashini aytgan – hatto dekabrda jang qilishga ham tayyor ekanini bildirgan. Albatta, bu faqat rejalar. Agar Merab g'alaba qozonsa, yanvar – eng real muddat hisoblanadi", – dedi menejer Sayat Abdraxmanov.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar